Qo‘qondagi savdo kompleksida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Qo‘qondagi savdo komplekslarida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan qo‘zg‘atilgan.
Farg‘ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
12 iyun soat 19:00 da Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan savdo komplekslarida yong‘in sodir bo‘ldi.
Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in 20:25 da qurshab olinib, yong‘in soat 23:30 da bartaraf etilgan.
Kun.uz muxbirining voqea joyidan xabar berishicha yuzdan ortiq tadbirkorlar mol-mulkiga zarar yetgan.
Mavzuga oid
16:43 / 27.11.2024
Namanganda JAC pikapi yonib ketdi
15:18 / 26.11.2024
Qo‘qonlik tabib yana trendda – uning faoliyati haqida nimalar ma’lum?
11:30 / 25.11.2024
Toshkentda Epica va Spark to‘qnashishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi
09:33 / 25.11.2024