O‘zbekiston | 14:39 / 13.06.2023
7478
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istondan O‘zbekistonga go‘sht eksporti 134 barobar oshdi

Qishloq xo‘jaligi vaziri Yerbol Karashukeyevning so‘zlariga ko‘ra, 2022 yilda Qozog‘istondan O‘zbekistonga go‘sht eksporti 134 barobar (0,2 ming tonnadan 26,2 ming tonnagacha), BAAga esa 8 barobar (0,3 ming tonnadan 2 ming tonnagacha) oshgan. Uning so‘zlari Inbusiness.kz tomonidan keltirilgan.

Foto: Getty Images

«Joriy yilda Shimoliy Qozog‘iston viloyati tajribasi asosida yiliga 373 ming tonna sut ishlab chiqarish quvvatiga ega 65 ta sutchilik fermasini tashkil etish bo‘yicha yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun respublika budjetidan 100 milliard tenge ajratildi. Bu mamlakatning importga qaramligini 39 foizdan 11 foizga kamaytiradi», - dedi u. 

Shu bilan birga, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan amaldagi chora-tadbirlar chorvachilik tarmog‘ining investitsion jozibadorligini saqlab qolish imkonini berdi, deb hisoblaydi vazir. 

«O‘tgan yili chorvachilikka yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi 2021 yilga nisbatan 67 foizga oshib, 117,5 milliard tengega yetdi. Jami 102 ta investitsiya loyihasi amalga oshirildi. Shu bilan birga, investitsiyalarning eng katta hajmi sut-tovar fermalari qurilishiga to‘g‘ri keladi. 2022 yilda 52,4 ming tonna sut ishlab chiqarish quvvatiga ega 36 ta korxona foydalanishga topshirildi. Shuningdek, yiliga umumiy quvvati 41,9 ming tonna parranda go‘shti ishlab chiqarish quvvatiga ega parrandachilik korxonalarini qurish bo‘yicha 7 ta investitsiya loyihasi ham foydalanishga topshirildi», — dedi u. 

Mavzuga oid