Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiya Kurdiston ishchi partiyasi tarafdorini Turkiyaga topshiradi
Stokholm 35 yoshli Turkiya fuqarosini Anqaraga topshiradi, Shvetsiya hukumati navbatdan tashqari yig‘ilishda shunga qaror qildi.
Shvetsiya hukumati Kurdiston ishchi partiyasi tarafdorini KIP terrorchi tashkilot deb topilgan Turkiyaga ekstraditsiya qilishga qaror qildi. Bu haqda 12 iyun, dushanba kuni Shvetsiyaning SVT jamoat teleradiokompaniyasi ma’lum qildi.
Gap 2013 yilda ushbu mamlakatda giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat uchun sudlangan 35 yoshli Turkiya fuqarosi haqida ketmoqda. Bu haqdagi qaror Shvetsiya hukumatining navbatdan tashqari yig‘ilishida qabul qilindi.
“2013 yilda Turkiyada ushbu erkak giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat uchun to‘rt yil-u yetti oyga qamoq jazosiga hukm qilingan”, — dedi Shvetsiya Adliya vazirligi matbuot kotibi Ashraf Ahmad.
Shvetsiya Oliy sudi 30 may kuni ekstraditsiya qonuni va Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasiga ko‘ra, giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun qamoq jazosi doirasida Turkiyaga ekstraditsiya qilishda hech qanday to‘siq yo‘qligi haqida qaror chiqardi.
Ekstraditsiya to‘g‘risidagi qaror yozning boshida amalga oshiriladi, deya aniqlik kiritdi SVT.
Turkiya Adliya vazirligi Shvetsiya hukumatining majburiy ekstraditsiya haqidagi qarorini olganidan so‘ng, erkak to‘rt hafta ichida olib ketilishi kerak bo‘ladi.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026