Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 11:25 / 14.06.2023
11491
2 daqiqa o‘qiladi
Agrosanoat majmui ustidan nazorat inspeksiyasiga qo‘shimcha vakolatlar berildi
Foto: Kun.uz
Prezident tomonidan “Ma’muriy islohotlar doirasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.
2023 yil 10 iyundan boshlab:
- Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga qonunchilik talablarini buzish holatlari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazolarni qo‘llash huquqi berilmoqda;
- inspeksiya tomonidan mulkchilik shaklidan qat’i nazar qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlari, istisno tariqasida, tekshiruvlarning "Yagona davlat nazorati" axborot tizimida ro‘yxatga olinmagan holda amalga oshiriladi.
2024 yil 1 oktyabrdan boshlab eksport qilinadigan karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya) funksiyasi xususiy sektorga o‘tkazilmoqda.
Hujjat bilan:
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari;
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tizimidagi boshqa tashkilotlarning tarkibiy tuzilmasi;
- vazirlik va uning tizimidagi xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar;
- 12 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha 42 ta banddan iborat qishloq xo‘jaligi sohasida islohotlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
18:06 / 01.07.2026
Fermerni so‘kayotgan hokimlar “dux”ni qayerdan olyapti?
19:05 / 28.06.2026
“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
11:30 / 25.06.2026
Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda
17:20 / 23.06.2026