Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurjistonda YeIga nomzod maqomini olish imkoniyati baholandi
Gurjistonga YeI a’zoligiga nomzod maqomini berish imkoniyati 50 ga 50, chunki bu masala bo‘yicha qaror siyosiy bo‘ladi. Bu haqda hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi raisi Irakliy Kobaxidze ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Gurjiston.
«Imkoniyatlar 50 ga 50, chunki bu siyosiy qaror. Agar bu faktlarga asoslangan texnik qaror bo‘lsa, bizning imkoniyatlarimiz 100 foiz bo‘lardi», - dedi Kobaxidze.
Siyosatchining fikricha, Yevropa integratsiyasi jarayoniga Gurjistonda Rossiyaga qarshi «ikkinchi front» ochmoqchi bo‘lgan «global urush partiyasi» to‘sqinlik qilishi mumkin.
«Global urush partiyasi 27 davlatdan birini siqib chiqarishi mumkin, bu holda Gurjistonga nomzod maqomi berilmaydi, xuddi avvalgi holatda, iyun oyida bizga nohaqlik bilan nomzod maqomi berilmagandi», - dedi u.
Kabaxidze muxolifatni sabotajda ayblab, «Gurjiston nomzod maqomini olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun hamma ishni qilayotganini» qo‘shimcha qildi.
Gurjiston bosh vaziri Irakliy Garibashvili joriy yil oxirigacha mamlakatga Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomi berilishini kutayotganini aytdi.
Kobaxidzening so‘zlariga ko‘ra, Gurjiston rasmiylari Yevrokomissiyaning mamlakat Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun nomzod maqomini olishi uchun zarur bo‘lgan barcha tavsiyalarini amalga oshirishga yaqinlashgan. Unga ko‘ra, iyun oyi oxirigacha tegishli 12 band bajariladi.
Gurjiston 2022 yil 3 mart kuni Yevropa Ittifoqi a’zoligiga nomzod maqomi uchun ariza topshirdi.
Mavzuga oid
14:42 / 04.07.2026
Yevropa sari navbatdagi bekat. Shavkat Mirziyoyev – Gurjistonda
13:49 / 04.07.2026
23 yillik tarixiy tashrif. Gurjiston bilan aloqalarning yaxshilanishi nega muhim?
17:34 / 03.07.2026
Tbilisida Alisher Navoiy haykali ochildi
14:55 / 03.07.2026