Jahon | 22:14 / 14.06.2023
14391
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko Ukrainadagi mojaroga barham berilishi uchun sharoitlar borligini aytdi 

Belarus prezidenti Ukrainadagi urush tugatilishini ma’lum qildi. 

Foto: president.gov.by

Ukrainadagi harbiy mojaroga barham berish uchun katta sharoit mavjud. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko «Rossiya-1» telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

«Men folbin emasman, lekin Ukrainadagi urushni tugatamiz. Buning uchun allaqachon katta sharoitlar mavjud», dedi u. 

Davlat rahbari Belarusning Polsha, Latviya, Litva bilan 2,5 ming kilometrlik chegarasi borligini eslatib o‘tdi, bu chegara yopilishi kerak, chunki uning so‘zlariga ko‘ra, bugun u yerdan Minskka tahdid yo‘qligiga hech kim kafolat bera olmaydi. 

«Keyinchalik, bu g‘arbliklar bizga juda ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi. Agar ular bu chiziqlarni kesib o‘tsa, o‘zlari uchun juda og‘riqli bo‘ladi», dedi u. 

Ukrainadagi mojaroda Belarusning roli haqida gapirar ekan, Lukashenko belaruslar rossiyaliklarning orqasidan o‘q uzilishiga yo‘l qo‘ymasligini aytdi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putin hech qachon Minskdan janglarga qo‘shilishni so‘ramaganiga e’tibor qaratdi, chunki bu «juda yomon» bo‘lardi. 

Lukashenkoning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb o‘z qadamlariga qaramay, «yangi keng ko‘lamli urushdan qo‘rqadi». 

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid