Jahon | 15:16 / 14.06.2023
6572
2 daqiqa o‘qiladi

Polshada Yaroslav Kachinskiy hukumatga qaytishi kutilayotgani e’lon qilindi

Foto: Reuters

2010 yilda aviahalokatda hayotdan ko‘z yumgan Polsha sobiq prezidenti Lex Kachinskiyning ukasi Yaroslav Kachinski vazirlar mahkamasiga qaytishi mumkin. Bu haqda Polsha Seymi vitse-spikeri Rishard Terletskiy ma’lum qildi, deya xabar beradi TASS.

Unga ko‘ra, qaror iyun oyi oxirida qabul qilinadi. Uning ta’kidlashicha, Kachinskiy hukmron konservativ «Qonun va adolat» (PiS) partiyasining asoschisi va raisi, shuning uchun ham hukumatga osongina qaytishi mumkin. 

Terletskiy qo‘shimcha qilishicha, Kachinskiyning vazirlar mahkamasiga qaytishi mumkin bo‘lgan sabablaridan biri parlament saylovlari oldidan partiya va mamlakat bosh vaziri Mateush Moravetskiy pozitsiyalarini mustahkamlash zarurati bilan bog‘liq.

Polsha Seymi vitse-spikerining so‘zlariga ko‘ra, Kachinskiy «bosh vazir o‘rinbosari bo‘lishni va ayni paytda amaldagi bosh vazir o‘rinbosarlarini ishdan bo‘shatishni xohlayapti». 

Yaroslav Kachinskiy 2020-2022 yillarda Polsha hukumati rahbarining o‘rinbosari sifatida ishlab, kuch tuzilmalari blokiga mas’ul bo‘lgan. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid