Jahon | 10:15 / 14.06.2023
13432
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya qidiruvda bo‘lgan 85 ming shaxs haqidagi ma’lumotni Qirg‘izistonga topshirdi

Qirg‘izistonda MDH mamlakatlarida davlatlararo qidiruvga berilgan shaxslarni tanib olish tizimi ishga tushirildi. Qidiruvda bo‘lgan 57 nafar shaxs allaqachon aniqlangan, bir necha kishi, jumladan, Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lganlar qo‘lga olingan.

Foto: RIAMO

Rossiya huquq-tartibot idoralari davlatlararo qidiruvda bo‘lgan 85 mingdan ortiq shaxs haqidagi ma’lumotlarni Qirg‘iziston rasmiylariga topshirdi. Bu haqda 13 iyun, seshanba kuni Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Markaziy Osiyo respublikasida 2 iyundan MDH davlatlarida davlatlararo qidiruvga berilgan shaxslarni tanib olish tizimi ishga tushirildi, deb xabar qildi IIV. 10 kun ichida tashqi videokuzatuv kameralari yordamida MDH davlatlarida qidiruvda bo‘lgan 57 nafar shaxs aniqlandi, deya qo‘shimcha qildi idora. Ular politsiya bo‘limiga olib ketilib, ro‘yxatga olingan.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy davlatlar, jumladan Rossiya fuqaroligiga ega bo‘lgan to‘rt kishi qo‘lga olingan. Idora hibsga olingan rossiyaliklarning aniq soni va ularning ismlarini aytmadi. Iyun oyining boshidan beri respublikada kamida uch nafar Rossiya Federatsiyasi fuqarosi ushlangan - Rossiyada bezorilik ishi bo‘yicha sirtdan hibsga olingan "So‘l blok" faoli Lev Skoryakin, Rossiyada jinoiy ish ochilgan "Inson huquqlari uchun" harakati sobiq matbuot kotibi Alena Krilova, shuningdek, harbiy komissarlikka o‘t qo‘yish ishi bo‘yicha sudlanuvchi Aleksey Rojkov. 

Mavzuga oid