Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Vilnyusdagi sammitda Shvetsiyaning NATOga a’zoligini qo‘llab-quvvatlamaydi
Foto: AP
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Shvetsiya NATOga a’zolikni Vilnyusda bo‘lib o‘tadigan ittifoq sammitida kutmasligi kerakligini aytdi. Bu haqda u Bokudan qaytayotganda jurnalistlarga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi Hurriyet Daily News.
Uning ta’kidlashicha, NATOga a’zo bo‘lishga intilayotgan Shvetsiya ittifoqqa qo‘shilish uchun aniq qadamlar qo‘yishi kerak.
«Agar g‘ayrioddiy voqea sodir bo‘lmasa, men sammitga boraman. Shvetsiyaning ma’lum umidlari borligi biz bu umidlarni qondiramiz degani emas. Avvalo, Shvetsiya o‘z majburiyatlarini bajarishi kerak», — dedi Erdo‘g‘an.
Turkiya prezidenti ta’kidlashicha, Anqarada Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi arizasiga rozi bo‘lish uchun asos yo‘q. U bu xabarni 14 iyun kuni Anqarada qo‘shma yig‘ilish o‘tkazgan Shvetsiya, Finlandiya va NATO rasmiylariga yetkazganini aytdi.
Erdo‘g‘an bu shartlar ostida Shvetsiyaning arizasini ratifikatsiya qilish uchun Turkiyaga bosim o‘tkazish noto‘g‘ri ekanligini ta’kidladi.
Bloomberg agentligi xabar berishicha, Turkiya Shimoliy Atlantika alyansi va Stokholm o‘rtasida 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan maslahatlashuvlarda Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ma’qullashi dargumon.
Mavzuga oid
18:21 / 15.01.2026
Eron yiqilsa, nima bo‘ladi?
10:51 / 14.01.2026
Turk farmkompaniyalari O‘zbekiston bozoriga kirish bo‘yicha muzokara boshladi
13:30 / 12.01.2026
Shvetsiya bosh vaziri AQShning Grenlandiyani egallab olish tahdidlarini tanqid qildi
11:43 / 12.01.2026