Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy ofisi Ukraina qarshi hujumi hali boshlanmaganini aytdi
Ukraina Qurolli Kuchlari joriy zarbalari maqsadlaridan biri «safarbar qilinganlarni yo‘q qilish» deyildi.
Foto: Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning qarshi hujumi hali boshlanmagan, qo‘shinlar Rossiya armiyasi mudofaasidagi zaif tomonlarni aniqlash maqsadida hujum operatsiyalarini o‘tkazmoqda.
«Biz hali qarshi hujumni boshlaganimiz yo‘q. Ammo Rossiya: «Biz allaqachon g‘alaba qozondik, qarshi hujumni qaytardik» deyapti», dedi Podolyak.
U, shuningdek, Ukraina qo‘shinlari hujumlarining hozirgi maqsadlarini ham aytib o‘tdi.
«Birinchisi, Rossiya armiyasiga ruhiy bosim o‘tkazish uchun, ochig‘i, imkon qadar ko‘proq safarbar qilinganlarni yo‘q qilish. Ikkinchisi, imkon qadar ko‘proq rus texnikasini yo‘q qilish, ulardan foydalanmasliklari uchun uni butunlay yo‘q qilish. Bugungi kunda Qurolli Kuchlarimiz shunday qilyapti: yo‘q qiladi, yo‘q qiladi va yana yo‘q qiladi. Shu bilan birga, ular sinov rejimining bir qismi sifatida bosqichma-bosqich olg‘a siljimoqda, ya’ni dushman qayerda eng zaif bo‘lishini o‘rganmoqda», dedi Podolyak.
U yana bir maqsad Ukraina Qurolli Kuchlarini bir vaqtning o‘zida bir necha yo‘nalishda hujum qilishi deb aytdi.
«Ya’ni, bugun biz ozchilikda hatto ko‘p yo‘nalishlarda hujum qilishimiz mumkinligini ko‘rsatayapmiz. Bu noyob voqea. Shuning uchun, sinayapmiz, bu oldinga siljish, vahima kayfiyatini uyg‘otishga imkon beradi», dedi u.
Podolyak bayonotini Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov izohladi. Uning fikricha, Podolyak Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi boshlanganmi yoki yo‘qmi aniq bilmasligi mumkin, chunki u mudofaa vaziri emas.
Podolyakning safarbar qilinganlarning o‘ldirilishi haqidagi so‘zlariga izoh berar ekan, Peskov shunday dedi: «O‘zinikimi? O‘zi haqida gapirayotgan bo‘lsa kerak».
9 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning qarshi hujumi boshlanganini e’lon qildi, biroq Ukraina Qurolli Kuchlari frontning birorta hududida o‘z maqsadlariga erisha olmaganini ta’kidlagan edi.
Mavzuga oid
16:09 / 31.12.2025
Zelenskiy: Donbass bo‘yicha murosa - hududga alohida maqom
09:04 / 31.12.2025
Ukraina dronlari Tuapsedagi NQZ va portga hujum qildi
23:41 / 30.12.2025
Yil yakunida axborot urushi: Rossiya Putin qarorgohiga zarba berilganini aytmoqda
21:29 / 30.12.2025