Jamiyat | 20:04 / 16.06.2023
22152
3 daqiqa o‘qiladi

Abdushukur Xamzayev Surxondaryo viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashdi

Ayni paytda mamlakatimiz tarixidagi muhim siyosiy voqea – 2023 yil 9 iyulda o‘tkaziladigan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga har jihatdan puxta hozirlik ko‘rilmoqda. 

Foto: O‘zbekiston Ekologik partiyasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan ko‘rsatilgan nomzod Abdushukur Xamzayevning mamlakatimizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan uchrashuvlari keng qamrovda bo‘lib o‘tmoqda. 

Bugun prezidentlikka nomzod Abdushukur Xamzayev Surxondaryo viloyatidagi saylovchilar bilan uchrashdi.

Prezidentlikka nomzod A.Xamzayev saylovchilarni o‘zining saylovoldi dasturi asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirar ekan, unda maqsad qilingan rejalar yurtimizning qator hududlari kabi bevosita Surxondaryoda yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni izchillik bilan hal etish, ekologik xavfsizlikni ta’minlashga ham bevosita daxldor ekani, viloyat aholisining ekologik huquqlarini ta’minlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Shuningdek, nomzod saylovoldi dasturi partiyaning maqsad va vazifalariga hamohang holda ishlab chiqilib, unda mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan samarali va oqilona foydalanish, “yashil” iqtisodiyotga o‘tishni jadallashtirish orqali aholimizning qulay atrof-muhitga bo‘lgan huquqlarini ro‘yobga chiqarish, xalqimiz va kelajak avlod uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda farovon jamiyatni barpo etish

Jumladan, nomzod saylovoldi dasturida aholining qulay atrof-muhitga ega bo‘lish huquqini ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirishda quyidagilarga e’tibor qaratiladi:

Davlat ekologik siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga qaratilgan “Barqaror ekologik rivojlanish strategiyasi” ishlab chiqiladi.

Yana bir muhim masala: ekologiya sohasidagi tarqoq qonunchilik hujjatlarini kodifikatsiya qilish orqali tabiiy resurslardan oqilona foydalanish tartibi va talablari yagona sohaviy kodekslar jumladan, Ekologiya kodeksi, Suv kodeksi, O‘rmon kodeksida mustahkamlanadi.

Shaharlar Bosh rejalarini tuzishda ularda yashil maydonlar kamida 30 foizni tashkil etishi, yangi turar joylar qurilishida “yashil zonalar” aholining soniga mutanosib ravishda bo‘lishi zarurligi talabi qonunchilikda belgilanadi.

Yashil hududlar, tog‘ yonbag‘irlari, daryo va ko‘llar sohillaridagi har qanday qurilishlar ekologik ekspertiza va jamoatchilik nazoratidan so‘ng amalga oshirilishi ta’minlanadi;

Xavfli chiqindilar, tibbiyot va biologik hamda qurilish chiqindilarini boshqarish va qayta ishlashni tartibga soluvchi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilinadi.

Biologik xilma-xillik va ekotizimlarni saqlash hamda ulardan oqilona foydalanish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonlarini kengaytirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlik va hayvonot dunyosi obektlari muhofazasini kuchaytirish maqsadida tegishli qonunchilik hujjatlari takomillashtiriladi.

Ochiq, samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan prezidentlikka nomzodga murojaat qildi va viloyatni yanada rivojlantirish borasida o‘z takliflarini bildirdi.

 Facebook |Instagram | Web site | You Tube

O‘zbekiston Ekologik partiyasi matbuot xizmati

Mavzuga oid