Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda 1560 megavatt quvvatga ega bug‘-gaz elektr stansiyasi quriladi
Loyiha Angor tumanida, “Uchqizil” suv omborining shimoli-sharqida joylashgan hududda amalga oshiriladi.
Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) va Islom taraqqiyot banki (ITB) Surxondaryoda elektr stansiyasi qurish uchun davlat kafolatisiz 325 mln yevro investitsiya kiritmoqda.
OIIB 225 million, ITB esa 100 million yevro miqdorida mablag‘ ajratadi.
“A” kategoriyasiga kiruvchi mazkur loyiha 2022 yilning aprelida ishlab chiqilgan bo‘lib, shu yil 17 may kuni so‘nggi baholash ishlari olib borilgandi.
Loyiha Surxondaryo viloyatining Angor tumanida, “Uchqizil” suv omborining shimoli-sharqida joylashgan hududda amalga oshiriladi.
Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad esa O‘zbekiston energetika sektorini karbonsizlashtirish strategiyasiga muvofiq, yuqori samarador elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishdan iboratdir.
Mavzuga oid
18:28 / 20.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin yaratgan o‘rmonzor "Dendrologiya bog‘i"ga aylantiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
18:00 / 12.06.2026
Surxondaryoda uch yigit suvga cho‘kib o‘ldi
20:37 / 03.06.2026