Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Shvetsiyaning NATOga kirishini qachon qo‘llab-quvvatlashi ma’lum qilindi
Turkiya hukumati Shimoliy Atlantika alyansi doirasidagi «ochiq eshiklar» siyosatini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda, dedi Turkiya mudofaa vaziri Yasar Guler. Bu haqda TRT xabar bermoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara pozitsiyasi o‘tgan yildan beri alyansga qo‘shilish istagida bo‘lgan Shvetsiyaga ham tegishli.
Yasar Guler / Foto: trt
«Biz ittifoqchilarga [Stokholm bilan] ikki tomonlama muzokaralarimizda NATOning ochiq eshiklar siyosatini qo‘llab-quvvatlaganimizni e’lon qildik va Shvetsiya ham Finlandiya singari uch tomonlama [Madrid] memorandumida mustahkamlangan majburiyatlarni aniq amalga oshirishi bilan NATOga qo‘shila olishini ma’lum qildik», - deya tushuntirdi Guler.
U shuningdek, Anqaraning Shvetsiya a’zoligiga oid shartlari, xususan, terrorizmga qarshi kurash bilan bog‘liqligini qo‘shimcha qildi. Guler, NATO vazirlar yig‘ilishi doirasida Turkiya terrorizmga qarshi «oxirigacha» kurashishga tayyorligini ko‘rsatganini ta’kidladi.
Avvalroq, Fransiya iyul oyida Litvada bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan blok sammiti oldidan Shvetsiyani NATOga qabul qilishga chaqirgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:41 / 28.03.2026
O‘zbekiston rasmiylari va muftiy Shvetsiya parlamentida diniy sohadagi islohotlar haqida taqdimot qildi
10:16 / 26.03.2026
Shvetsiyadan 14 nafar o‘zbekistonlik deportatsiya qilindi
13:27 / 20.02.2026
Shvetsiyaning Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi - 1,2 mlrd yevro
16:04 / 12.02.2026