Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada qurilishi tugallanmagan sexda yirik yong‘in sodir bo‘ldi
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Bugun, 19 iyun kuni soat 12:42 da Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida qurilishi tugallanmagan kalava ip va rangli ip ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:45 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 12:48 da o‘rab olingan va soat 13:02 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida sex binosining 150 kvadrat metr maydonida tom qismi, operator va qorovulxonasining ichki qismi yonib zararlangan. Yong‘indan binoning 2000 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid
12:23 / 22.06.2026
Toshkent viloyatida avtoqismlar do‘konida yong‘in chiqdi
11:00 / 22.06.2026
Andijonda yog‘och omborida yong‘in sodir bo‘ldi
13:40 / 19.06.2026
O‘zboshimchalik bilan saqlangan solyarka portlagan – Yozyovondan reportaj
10:25 / 17.06.2026