10:59 / 19.06.2023
3507

Toshkentda MDH kuzatuvchilari faoliyatini muvofiqlashtirish shtabi ish boshlaydi

Missiya shtabi vazifalari saylov jarayoni borishi haqida materiallarni to‘plash, ularga ishlov berish va tahlil qilish, saylov qonunchiligini huquqiy ekspertizadan o‘tkazishdan iborat.

Foto: Dunyo

Mamlakatda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi munosabati bilan kecha  Markaziy saylov komissiyasida  (MSK) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ijroiya qo‘mitasining saylovlarni kuzatish missiyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

MSK ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda saylov qonunchiligidagi yangiliklar, prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Saylov kampaniyasi tadbirlari Saylov kodeksi talablari va demokratik prinsiplarga muvofiq amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.

MDH kuzatuvchilari faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Toshkent shahrida missiyaning shtabi ish boshlaydi va kuzatuvlarni tashkil etish bilan bog‘liq barcha tadbirlarni o‘tkazadi. Missiya shtabi vazifalari saylov jarayoni borishi haqida materiallarni to‘plash, ularga ishlov berish va tahlil qilish, saylov qonunchiligini huquqiy ekspertizadan o‘tkazishdan iborat.

Top