Bekobod shahar IIBdagi tergov hibsxonasida mahkum o‘z joniga suiqasd qildi
Kameradoshlari uning hayotini saqlab qolgan. Prokuratura tergovga qadar tekshiruv o‘tkazyapti.
Toshkent viloyati Bekobod shahar IIBga qarashli muqaddam tergov hibsxonasi deb yuritilgan, ayni paytda vaqtincha saqlash hibsxonasi deb ataluvchi muassasada saqlanayotgan 23 yashar erkak o‘z joniga suiqasd qilgan.
Kun.uz manbasining xabar berishicha, kameradoshlari uning hayotini saqlab qolishgan. Holat 17 iyundan 18 iyunga o‘tar kechasi tungi soat 01:00 atrofida ro‘y bergani aytilmoqda.
Kameradagi odeyalo yordamida o‘zini osgan shaxs Bekobod tuman IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanib qo‘lga olingan va qamoq ehtiyot chorasi qo‘llash haqida qaror qabul qilingani sababli u Bekobod shahar IIO vaqtincha saqlash hibsxonasiga olib kelingan.
Viloyat prokuraturasi axborot xizmati bu ma’lumotni tasdiqlab, ayni paytda tergovga qadar tekshiruv harakatlari ketayotgani, ichki ishlar xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanganini bildirdi.
Toshkent viloyat IIBB matbuot kotibi Bobur To‘laganov tahririyatga kelib tushgan dastlabki ma’lumot – vaqtincha saqlash hibsxonasida mahkum vafot etganini rad etdi. Ammo u mahbusning hayoti saqlab qolingani, ayni paytda ro‘y bergan hodisa prokuratura tomonidan tekshirilayotganini negadir aytgisi kelmadi.
Holbuki Bobur To‘laganov yaqindagina Toshkent viloyati IIBBning mintaqaviy bo‘linmalaridan birining rahbari qamoqqa olingani, tintuv chog‘ida uning xizmat xonasidagi seyfidan 20 ming AQSh dollari chiqqani haqida xabar berganimizda “mendan bu haqda izoh so‘rashmadi” deya, tahririyatni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblagan, lekin tarqatilgan axborotni rad etmagandi ham.
Mavzuga oid
16:24 / 25.11.2024
Qashqadaryoda 24 yoshli erkak avval xotini va qizini o‘ldirib, keyin o‘z joniga qasd qildi
15:49 / 02.11.2024
O‘zbekistonda har 100 ming aholiga 68 nafar mahkum to‘g‘ri kelmoqda
19:16 / 31.10.2024
Bekobodda ota va o‘g‘il is gazidan zaharlanib vafot etdi
12:30 / 25.10.2024