O‘zbekiston | 15:27 / 21.06.2023
22280
2 daqiqa o‘qiladi

Vladimir Norov pensiyaga chiqdi

Sobiq tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov nafaqaga chiqqanini e’lon qildi. U 2022 yil 30 dekabrdan hozirga qadar Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.

Foto: Kun.uz

Sobiq tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov nafaqaga chiqqanini e’lon qildi.

“Davlat tashkilotlari va xorijiy diplomatik missiyalardagi 45 yillik faoliyatimdan so‘ng nafaqaga chiqishga qaror qildim. Qarorimni qo‘llab-quvvatlagani uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevdan minnatdorman”, deb yozgan Norov o‘zining Linkedin’dagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Vladimir Norov 1955 yilda Buxoroda tug‘ilgan. U turli yillarda turli mamlakatlarda elchi sifatida faoliyat ko‘rsatgan (1998—2003 yillarda — O‘zbekistonning Germaniyadagi, o‘rindoshlik asosida – Polsha va Shveytsariyadagi elchisi, 2005—2006 yillarda — O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi, 2014 yilning 2 dekabridan O‘zbekistonning Lyuksemburgdagi elchisi). 2006 yil 12 iyuldan 2010 yil 12 yanvargacha  O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan.

Vladimir Norov 2017 yilning mayida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutiga direktor etib tayinlangan. 2019-2021 yillarda Shanhay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi lavozimida ishlagan.

2021 yil 31 dekabr kuni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlanadi. Abdulaziz Komilovning iste’foga chiqishi fonida esa 2022 yil 9 sentabr kuni Tashqi ishlar vazirligi rahbarligiga keladi. U 2022 yil 30 dekabrdan hozirga qadar Markaziy Osiyo xalqaro instituti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi. Favqulodda va muxtor elchi diplomatik darajasiga ega.

 

Mavzuga oid

E`lonlar