Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent metrosidan foydalanuvchilar soni 33,5 foizga oshdi
Metropoliten 2023 yilning dastlabki 5 oyida 68,5 mln nafar yo‘lovchini tashigan. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,5 foizga ko‘p.
Foto: Kun.uz
Toshkent metropolitenida 2023 yilning yanvar-may oylarida 68,5 million yo‘lovchi tashildi.
Transport vazirligi xabariga ko‘ra, yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,5 foizni tashkil etgan (51,3 million yo‘lovchi).
Eng ko‘p yo‘lovchi oqimi may oyida kuzatilgan: o‘tgan oy metrodan 15,8 million yo‘lovchi foydalangan.
Oylar kesimidagi ko‘rsatkichlar:
- yanvar – 10,4 mln;
- fevral – 13,7 mln;
- mart – 14,6 mln;
- aprel – 14,0 mln
- may – 15,8 mln yo‘lovchi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkent metropoliteni yil oxirigacha Rossiyadan 56 ta yangi vagon (14 ta tarkib) qabul qilib olishi belgilangan.
Avvalroq, may oyida Toshkent avtobuslari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 63 foizga ko‘p yo‘lovchi tashigani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
07:41
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
20:07 / 21.02.2026
Mubashshir Ahmad vaqtincha Toshkentdagi ixtisoslashgan kasalxonaga o‘tkazildi
16:04 / 21.02.2026
Toshkentda xavfli retsidivist erkak hindistonlik sayyohning pulini tortib oldi
10:06 / 18.02.2026