Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden Rossiyadagi qurolli isyonga AQSh va NATO aloqador emasligini aytdi
Isyonning Ukrainadagi urushga ta’sirini baholashga esa «hali erta».
AQSh prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar va NATO Rossiyada «Vagner» yollanma jangchilarining qurolli isyoniga aloqador emasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, isyonning Ukrainadagi urushga ta’sirini baholashga «hali erta».
Baydenning aytishicha, u dam olish kunlari ittifoqchilari bilan videomuloqot qilgan. Ular Rossiya prezidenti Vladimir Putinda isyonda «NATO yoki G‘arbni ayblash uchun asos bo‘lmasligini» ta’minlash maqsadida hamjihatlikda ishlamoqda.
«Biz bunga aloqador emasligimizni aniq aytdik. Bizning bunga hech qanday aloqamiz yo‘q edi. Bu Rossiya rejimi ichidagi kurashning bir qismi edi», ded Bayden.
AQSh prezidenti shuningdek, dam olish kunlari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan vaziyat haqida gaplashib olganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
20:26
Trampning shov-shuvli smartfoni Xitoy telefonining to‘liq nusxasi bo‘lib chiqdi
20:03
Eron AQSh bilan kelishuv doirasida tiklanish uchun 300 milliard dollar talab qildi
18:05
AQSh va Eron muzokaralari qanday ketyapti?
17:48