Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JAR Afrikaning Ukraina uchun tinchlik rejasi ustida ishlashda davom etmoqda
Putin va Zelenskiy yana Afrika yetakchilari delegatsiyasini qabul qilishga kelishib oldi, dedi JAR tashqi ishlar vaziri.
Foto: Evgeny Biyatov/RIA Novosti/AP/picture alliance
Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) Ukraina uchun Afrika tinchlik tashabbusini ishlab chiqishda davom etadi, dedi JAR tashqi ishlar vaziri Naledi Pandor 27 iyun, seshanba kuni Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan uchrashuvdan so‘ng.
Ukraina va Rossiya prezidentlari Volodimir Zelenskiy va Vladimir Putin tashabbusni muhokama qilish uchun Afrika davlatlari rahbarlari bilan yana bir uchrashuv o‘tkazishga va’da berdi, dedi Pandor. «Biz Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushning yakunlanishidan juda manfaatdormiz», — dedi JAR Tashqi ishlar vazirligi rahbari.
Rasmiy ravishda JAR hukumati Ukrainadagi harbiy harakatlar masalasida betarafligini e’lon qildi. Iyun oyi o‘rtalarida prezident Siril Ramafosa Afrikaning boshqa olti davlati rahbarlari bilan tinchlikparvarlik missiyasi tarkibida Kiyev va Sankt-Peterburgga tashrif buyurdi.
Ular tomonidan taklif etilgan tinchlik tashabbusi, jumladan, «muzokaralar va diplomatik vositalar orqali» tinchlikka erishish, harbiy harakatlarni «imkon qadar tezroq tugatish», «har ikki tomonda mojaroning keskinlashuvini kamaytirish», «Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga muvofiq davlatlar va xalqlar suverenitetini hurmat qilish» va «barcha mamlakatlar uchun xavfsizlik kafolatlari»ni nazarda tutadi.
Mavzuga oid
15:08 / 17.01.2026
Ukraina sudi Timoshenko uchun 661 ming yevro garov belgiladi
14:28 / 17.01.2026
Shmixal: Ukrainada Rossiya zarbalaridan zarar ko‘rmagan elektr stansiyalari qolmadi
13:17 / 17.01.2026
Zelenskiy: Ukraina delegatsiyasi AQShga yo‘l oldi
12:17 / 17.01.2026