O‘zbekiston | 09:30 / 30.06.2023
4874
2 daqiqa o‘qiladi

Qishloq xo‘jaligida cuvdan foydalanishda Ispaniya tajribasi qo‘llanadi

19-23 iyun kunlari qishloq xo‘jaligida cuvdan oqilona foydalanish tajribasini o‘rganish bo‘yicha mutasaddi vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh Ispaniyaga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Foto: Kun.uz

Tashrif chog‘ida ishchi guruh a’zolari Ispaniya Irrigatorlar milliy federatsiyasi (FENACORE), Gvadalkivir daryosi gidrografik konfederatsiyasi, Negratin suv ombori, Andalusiya va Mursiya avtonom hamjamiyatlarida paxtachilik, sabzavot, sholichilik yo‘nalishlariga ixtisoslashgan qishloq xo‘jaligi kooperativlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ularning qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarini keng qo‘llash, suvni hisobini yuritish va taqsimlash, irrigatsiya tizimini boshqarish kabi sohalardagi tajribasi o‘rganildi

Ispan muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bugungi kunda O‘zbekistonda irrigatsiya tizimini isloh qilish borasida ishlab chiqilayotgan strategiya doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarga malakali ispan mutaxassislarini konsultant sifatida jalb qilish masalasini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Ispaniyaning tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish uskunalari, sho‘r va zax suvlarni tozalovchi filtrlar, nasoslar, suv havzalari va rezervuarlari, issiqxonalar uchun sug‘orish tizimlari ishlab chiqaruvchi eng ilg‘or va yetakchi kompaniyalariga tashrif buyurilib, ular bilan qishloq xo‘jaligi sohasida suv tejash texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar doirasida hamkorlik qilishga kelishildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid