O‘zbekiston | 17:41 / 01.07.2023
33106
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda yettita mashina to‘qnashdi, ikki kishi halok bo‘ldi

Yo‘l-transport hodisasining avvalida yuk mashinasi Epica'ning orqa tomonidan urilgan. So‘ng boshqa mashinalar ham bir-biri bilan to‘qnashgan.

M-39 Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati hududidan o‘tgan qismida yettita transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘lgan va ikki kishi vafot etgan.

Jizzax viloyat IIB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2023 yil 30 iyun kuni soat 10:50 larda sodir bo‘lgan.

Buxoro viloyatida yashovchi shaxs boshqaruvidagi Chakman shu yo‘nalishda harakatlanayotgan Samarqand viloyati Payariq tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi Epika'ning orqasidan urilgan.

Oqibatda Epika yo‘lovchisi, Payariq tumanida yashovchi fuqaro voqea joyida, yana bir yo‘lovchi — Xorazm viloyati Xiva tumanida yashovchi fuqaro shifoxonada vafot etgan.

Ushbu YTHda Toshkent shahri, Jizzax, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida yashovchi shaxslar boshqaruvidagi Sinotruk va Howo yuk mashinalari hamda Lacetti, Cobalt, Nexia-3 yengil mashinalari o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda, ularga turli darajada texnik shikast yetgan.

Hozirda holat yuzasidan tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid