Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada turkiy xalqlarga tegishli 800 dan ortiq qadimiy qo‘lyozmalar topildi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori Gulnoza Xalliyeva boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Shvetsiyada bo‘ldi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Amaliy safar davomida Shvetsiyaning Uppsala va Lund universitetlari kutubxonalarida turkiy xalqlarga oid 858 ta (agar takror nusxalar borligini hisobga olsak, 500 tadan ortiq) tarixiy qo‘lyozmalar mavjudligi aniqlandi.
Ular orasida Alisher Navoiy, Bobur, Fuzuliy, So‘fi Olloyor, Mashrab mashhur shoirlardan tashqari hali xalqqa noma’lum bo‘lgan shoirlar, tarjimonlarning ham qo‘lyozmalari mavjud. Birgina Alisher Navoiy qo‘lyozmalarining o‘zi 25 tani tashkil etadi.
Ushbu qo‘lyozmalar XIX va XX asrlarda shved missionerlari faoliyati davomida yig‘ilgan, sotib olingan va keyinchalik Lund va Uppsala universitetlari kutubxonasiga tuhfa qilingan.
Mamlakatning Shvetsiyadagi elchixonasida Gulnoza Xalliyeva bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu mamlakat kutubxonalarida saqlanayotgan 800 dan ortiq noyob qo‘lyozmalarni olimlar guruhi bilan kelib, avvalo to‘liq reyestrini tuzish, tavsifini yaratish, hammasini yaroqli holga keltirib ta’mirlash, iloji bo‘lsa qaytarish maqsad qilingan.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026