Jahon | 10:15 / 07.07.2023
14803
2 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko: Rossiyaning yadro quroli Belarusga olib kelingan

«Agar siz Belarusga qarshi tajovuz qilsangiz, javob darhol bo‘ladi. Maqsadlar belgilandi», dedi Lukashenko g‘arb davlatlariga murojaat qilib. 

Foto: Belarus prezidenti matbuot xizmati

Rossiya yadro kallaklari allaqachon Belarusga olib kelingan, dedi Aleksandr Lukashenko 6 iyul kuni Minskda xorijiy va belaruslik jurnalistlar bilan uchrashuvda.

«Yadro qurollarini joylashtirish punktlari bir oy oldin to‘liq tayyor edi. Ularning aksariyati ko‘chirildi va Belarusda joylashgan. Yil oxirigacha, ammo, menimcha, undan ham oldin biz buning uchun mo‘ljallangan jangovar kallaklarni to‘liq ko‘chiramiz», deb xabar berdi u hamda jangovar kallaklar «yer orqali» ko‘chirilmaganini, ikki davlat ularning joylashtirilishini birgalikda nazorat qilishini qo‘shimcha qildi. «Biz qurolli kuchlarning hozirgi tarkibiga o‘zimiz xizmat qila olmaymiz. Shuning uchun hamma narsani birgalikda qilyapmiz», - dedi u.

Lukashenkoning ta’kidlashicha, Belarus g‘arb davlatlariga hujum qilmoqchi emas. «Qo‘llashdan xavotir olmang: biz AQSh, Germaniya yoki Buyuk Britaniyaga hujum qilmoqchi emasmiz. Biz hech kimga yadroviy qurol bilan hujum qilmaymiz», dedi u va qurol Belarusda mudofaa maqsadlarida joylashtirilganini qo‘shimcha qildi. «Bizga tegmang. Yadro qurolini esa unuting. Lekin Belarusga qarshi tajovuz qilsangiz, javob bir zumda bo‘ladi. Maqsadlar aniq», - deya ogohlantirdi Lukashenko.

25 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Belarusda Rossiya yadro qurolini joylashtirish rejasini e’lon qildi. 16 iyun kuni Putin Rossiyaning birinchi yadro quroli Belarusga yetkazilganini va butun partiya yil oxirigacha yetib borishini ta’kidladi. Moskva Minskka jangovar kallaklardan tashqari yadroviy qurol tashuvchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan «Iskandar» raketa tizimini ham topshirdi. Belaruslik uchuvchilar Rossiyada o‘qitildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid