Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qishga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 540 mingdan oshdi
2023/2024-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot berildi.
Foto: KUN.UZ
2023 yil 14 iyul holatiga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 540 909 nafarga yetdi.
Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
- o‘zbek tili — 468 462 nafar;
- rus tili — 57 351 nafar;
- qoraqalpoq tili — 13 509 nafar;
- boshqa tillar — 1 587 nafar.
Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
- kunduzgi ta’lim shakli — 357 529 nafar;
- kechki ta’lim shakli — 13 686 nafar;
- sirtqi ta’lim shakli — 165 923 nafar;
- masofaviy ta’lim shakli — 3 771 nafar.
Eng ko‘p abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan OTM (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan):
- O‘zbekiston milliy universiteti — 21 151 nafar;
- Farg‘ona davlat universiteti — 16 386 nafar;
- Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 16 370 nafar;
- Toshkent davlat pedagogika universiteti — 16 295 nafar;
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 15 913 nafar.
Abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha birinchi 5 talik:
- Samarqand viloyati — 63 142 nafar;
- Qashqadaryo viloyati — 60 697 nafar;
- Farg‘ona viloyati — 51 029 nafar;
- Toshkent viloyati — 48 348 nafar;
- Andijon viloyati — 45 371 nafar.
Mavzuga oid
09:36
O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga o‘qishga ketmoqda? Top-10 ro‘yxat
09:40 / 17.04.2025
Toshkentda uch kishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
15:10 / 19.11.2024
Ayrim bitiruvchilarga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi
12:52 / 07.11.2024