Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda dronlardan foydalanish bo‘yicha yangi qoida joriy qilindi
Foto: KUN.UZ
«O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi transport vaziri buyrug‘i imzolandi.
Unga ko‘ra, hujjat bilan uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
2022 yil 15 noyabrdagi tegishli qarorga muvofiq, mamlakat samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritiladi.
Buyruq bilan tegishli aviatsiya qoidalarining 789-1-bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi: dron parvozini bajarish vaqtida fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchadigan apparat operatorida ushbu apparatni uchishga tayyorlash va boshqarishga oid qo‘llanma bo‘lishi shart.
Hujjatga bilan, fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchadigan apparati operatoriga berilgan huquqiy ta’rif — uchuvchisiz uchadigan apparatni bevosita boshqaruvchi shaxs deya o‘zgargan.
Avvalroq dronlar uchun ruxsatnomalarning amal qilish muddatini tekshirish xizmati ishga tushgan. Unga ko‘ra, QR-kodli ruxsatnomani skanerlash yordamida ma’lumotlar holatini tekshirish mumkin.
2015 yildan boshlab O‘zbekistonga jismoniy shaxslar tomonidan dronlarni olib kirish taqiqlangan, alohida holatlar bundan mustasno.
Yuridik shaxslar maxsus ruxsatnoma asosida dronlarni olib kirishi va o‘z maqsadlari uchun foydalanishi mumkin. Hozir bu huquqdan asosan qishloq xo‘jaligi tarmoqlari foydalanadi.
2022 yilning noyabrida hukumatning mamlakatda uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish to‘g‘risidagi qarori tasdiqlandi. Mazkur hujjat bilan uchuvchisiz uchish apparatlari uchun ruxsat olish tartibi qarorga muvofiq amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
20:41 / 20.04.2026
Ukrainadagi urush robotlar va dronlar qarama-qarshiligiga aylanib bormoqda – OAV
09:01 / 14.04.2026
Rossiyadagi eng yirik fosforli o‘g‘it zavodi yana dronlar hujumiga uchradi
22:45 / 06.04.2026
Ukraina dron hujumlari soni bo‘yicha birinchi marta Rossiyani ortda qoldirdi – OAV
21:16 / 05.04.2026