Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov Gurjistonga tashrif buyuradi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov dushanba kuni tashrif bilan Gurjistonga keladi. Bu haqda Gurjiston hukumati matbuot xizmati xabar berdi.
Rasmiy kutib olish marosimi Tbilisidagi hukumat ma’muriyatida bo‘lib o‘tadi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston bosh vaziri va uning gurjistonlik hamkasbi Irakliy Garibashvili o‘rtasida yuzma-yuz va kengaytirilgan tarkibda uchrashuv rejalashtirilgan.
Avvalroq O‘zbekiston Gurjiston portlari orqali Yevropa va Amerika mamlakatlariga yuklarni uzluksiz tashishni ta’minlash niyatida ekani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston Transport vazirligi xabariga ko‘ra, Gurjiston iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri o‘rinbosari Guram Guramishvili bilan uchrashuvda O‘zbekiston eksport va import tovarlarini Gurjiston portlari orqali Yevropa va Amerika davlatlariga tashishni tashkil etish masalalari muhokama qilingan.
Uchrashuvda yuk tashish narxi va muddatlarini pasaytirish, tarif imtiyozlarini kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
Bundan tashqari, Poti va Batumi portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuvlarda muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlari doirasida tomonlar kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilab oldi.
Mavzuga oid
14:42
Yevropa sari navbatdagi bekat. Shavkat Mirziyoyev – Gurjistonda
13:49
23 yillik tarixiy tashrif. Gurjiston bilan aloqalarning yaxshilanishi nega muhim?
17:34 / 03.07.2026
Tbilisida Alisher Navoiy haykali ochildi
14:55 / 03.07.2026