Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniya 1,2 mlrd yevrodan ortiq qiymatda o‘q-dorilar sotib oladi
Estoniya mudofaa xarajatlarini YaIMning uch foizigacha yetkazishi mumkin. Mamlakat mudofaa vaziri Xanno Pevkur 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan harbiy idorani rivojlantirish rejasini tasdiqladi.
Estoniya mudofaa vaziri Xanno Pevkur 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan harbiy idorani rivojlantirish rejasini tasdiqladi, unda kuchlar va vositalarni shakllantirishdan tashqari, falokatlar tibbiyoti markazini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Bu haqda 16 iyul, yakshanba kuni harbiy idora matbuot xizmati ma’lum qildi. Bayonotda ta’kidlanganidek, «Mudofaa vazirligining yangi rivojlanish rejasi harbiy salohiyatni saqlash uchun zarur bo‘lgan infratuzilmani yaratishga qaratilgan».
Xususan, havo hujumidan mudofaa qobiliyatini rivojlantirish uchun o‘rta masofaga uchuvchi raketa majmuasi xarid qilinadi, «havo-havo» sinfidagi raketalar sotib olinadi, manyovr bo‘linmalarini mexanizatsiyalash boshlanadi, 2022 yilda respublika hukumati tomonidan ishga tushirilgan o‘q-dorilar zaxirasini ko‘paytirish davom etadi. Keyingi to‘rt yil ichida 1,2 milliard yevrodan ortiq o‘q-dorilar xarid qilinadi.
Uchish-qo‘nish yo‘lagini rekonstruksiya qilishdan tashqari, Emari aviabazasida qo‘shimcha kazarmalar qurilishi boshlanadi, yangi o‘q-dorilar omborlari barpo etiladi. Rejada, shuningdek, Pikker harbiy-dengiz bazasini rekonstruksiya qilish va sanoat o‘q-dorilar parkini loyihalash uchun mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.
«Rejalashtirish - milliy mudofaaning asosiy vazifasi. Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi biz qaysi sohalarga sarmoya kiritishimiz kerakligini aniq ko‘rsatib turibdi. Mudofaa xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 3 foiziga yetkazish bizga buni amalga oshirish imkonini beradi», - dedi Xanno Pevkur.
Mudofaa vazirligining 2024-2027 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish rejasi 2031 yilgacha mo‘ljallangan Milliy mudofaani rivojlantirish o‘n yillik rejasi va NATO tavsiyalariga asoslanadi, deya ma’lum qildi mudofaa mahkamasi.
Mavzuga oid
20:30 / 19.05.2026
Estoniyaga uchib kirgan Ukraina droni NATO tomonidan urib tushirildi
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
12:27 / 20.03.2026
Estoniya Rossiyani havo hududini buzishda aybladi
14:52 / 28.02.2026