Jahon | 08:47 / 19.07.2023
8259
3 daqiqa o‘qiladi

G‘arb Kiyevning qarshi hujumi uchun 63 ming ukrainalik askarni o‘qitdi

G‘arb davlatlari koalitsiyasi Ukrainaning 17 ta brigada jangovar guruhi va 63 mingdan ortiq askarini Kiyev qarshi hujumi uchun tayyorgarlikdan o‘tkazdi, deya ma’lum qildi AQSh Mudofaa vazirligi «Ramshtayn» formatidagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha.

Foto: GENYA SAVILOV / AFP

G‘arb davlatlari koalitsiyasi Ukrainaning 17 brigada jangovar guruhini va 63 000 dan ortiq askarini Kiyev qarshi hujumi uchun tayyorgarlikdan o‘tkazgan, birgina AQSh ulardan 15 000 nafarini o‘qitdi va «mashg‘ulotlar davom etmoqda». Bu haqda AQSh qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Mark Milli ma’lum qildi. 18 iyul, seshanba kuni Milli AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan birgalikda onlayn tarzda o‘tkazilgan Ukraina mudofaasi bo‘yicha aloqa guruhining («Ramshtayn» formati) o‘n to‘rtinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Pentagonda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida nutq so‘zladi

Millining eslatishicha, Qo‘shma Shtatlar Kiyevga 800 million dollar (712 million yevro)gacha bo‘lgan qo‘shimcha xavfsizlik yordami paketini taqdim etgan. To‘plamga qo‘shimcha artilleriya tizimlari, jumladan, HIMARS va Patriot zenit-raketa tizimlari kabi havo mudofaa qurollari kiradi. Bundan tashqari, paketda tankka qarshi va aniq boshqariladigan aviatsiya o‘q-dorilari, shuningdek, qurol-yarog‘lar bor, deya ma’lum qildi Pentagon. Bildirilishicha, AQShning Ukrainaga xavfsizlik bo‘yicha ko‘rsatgan yordami umumiy miqdori 40 milliard dollardan (36 milliard yevro) oshgan.

Gap nafaqat «Rossiyaning noqonuniy urushi», balki «Rossiyaga hech qanday harbiy xavf tug‘dirmagan mamlakatga qarshi keraksiz urush» haqida ham bormoqda, dedi Mark Milli. 

O‘z navbatida, Pentagon rahbari ukrainalik uchuvchilarni to‘rtinchi avlod F-16 qiruvchi samolyotini boshqarishda «kelishilgan o‘quv rejasini ishlab chiqishda muvaffaqiyatga erishishda davom etayotgan» Daniya va Niderlandiyaning hissasini eslatdi. 

Shvetsiya va Fransiya Ukraina bilan mudofaa xaridlari bo‘yicha ikki tomonlama shartnomalar imzoladi, bu esa Kiyevga yanada ilg‘or tizimlar olishga yordam beradi, dedi Lloyd Ostin. 

Mavzuga oid