O‘zbekiston | 09:38 / 20.07.2023
2937
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Chexiya savdo-iqtisodiy hamkorlik chegaralarini kengaytiradi

Toshkent shahrida O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov va Chexiya sanoat va savdo vaziri Yozef Sikel raisligida O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasidagi Iqtisodiy, sanoat va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, yig‘ilishda konchilik, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, gidroenergetika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, bank sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish muhokama qilindi. Tomonlar mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro munosabatlarni oshirishga tayyor ekanini bildirdi.

Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi doirasida delegatsiyalar rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Laziz Qudratov va Yozef Sikel qator sohalarda hamkorlik salohiyatidan to‘liq foydalanishni muhokama qildi. Konstruktiv fikr almashish hamkorlikni faollashtirish tarmoqlarini aniqlash, erishilgan kelishuvlarni monitoring va nazorat qilish aniq mexanizmlarini ishlab chiqish imkonini berdi.

Tadbir yakunlari bo‘yicha yig‘ilish yakuniy bayonnomasi, shuningdek, O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma «Yo‘l xaritasi» imzolandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid