Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston «Boku – Tbilisi – Kars» temiryo‘lidan foydalanishga qiziqish bildiryapti
Shushada Ozarboyjon va O‘zbekiston o‘rtasida hukumatlararo komissiyaning majlisi bo‘lib o‘tdi.
Shusha shahrida Ozarboyjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning 12-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar bermoqda.
Komissiya ikki mamlakat o‘rtasida xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish va O‘zbekiston hamda Ozarboyjon o‘rtasida tranzit tashuvini jadallashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ijobiy hamkorlikni qayd etdi.
O‘zbekiston tomoni O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida yuk tashish hajmini, shu jumladan tranzitni salohiyatidan unumli foydalanish maqsadida «Boku – Tbilisi – Kars» temiryo‘lidan faol foydalanishga qiziqish bildirdi.
Mavzuga oid
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
09:14 / 20.06.2026
YeTTB ko‘magida temiryo‘l harakatini boshqarish tizimi yangilanadi
08:30 / 18.06.2026
Qaysi davlatlarda yuqori tezlikdagi temiryo‘llar eng rivojlangan?
19:01 / 16.06.2026