Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Rossiya Ukraina g‘allasini almashtira oladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «Ukraina g‘allasini ham tijorat, ham bepul asosda almashtirishi mumkin». Bu haqda u Kreml saytida chop etilgan maqolasida yozgan va bu yil «rekord hosil kutilayotganini» qo‘shimcha qilgan.
Putin Ukraina portlaridan oziq-ovqat eksport qilish bo‘yicha «g‘alla bitimi»ni «insonparvarlik maqsadini oqlay olmadi» deb atadi va uning davom etishi «o‘z ma’nosini yo‘qotdi» deb ta’kidladi.
18 iyulda muddati tugagan «g‘alla bitimi»dan chiqqanidan so‘ng, Rossiya Ukraina janubini, jumladan Odessani o‘qqa tutishni keskin oshirdi. Shu bilan birga, ayrim tahlilchilarning fikricha, Moskva dastlab kelishuvni uzaytirish niyatida bo‘lmagan.
Urushdan oldin Rossiya va Ukraina dunyodagi eng yirik g‘alla eksportchilaridan biri edi. Shimoliy va Sharqiy Afrikadagi ko‘plab mamlakatlar Rossiya va Ukraina ta’minotiga bog‘liq.
Ukrainada urush boshlanishi ortidan jahon bozorida oziq-ovqat narxi keskin oshdi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda 735 millionga yaqin ochlikdan aziyat chekayotgan odam bor, bu to‘rt yil avvalgiga nisbatan sezilarli o‘sishdir. Bu, jumladan, Ukraina urushi bilan bog‘liq.
Mavzuga oid
10:45 / 16.06.2026
Zelenskiy Putinga G7 sammitida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026