Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha «Vagner» bilan kurashish uchun maxsus qism tashkil qiladi
Avgustov shahrida maxsus sapyor bataloni tuziladi.
Polsha «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi tahdidiga qarshi turish uchun maxsus sapyor qismini tuzadi. Bu haqda Polsha mudofaa vaziri Mariush Blashchak xabar berdi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Rossiya yollanma askarlari Varshava hududiga o‘tishi mumkinligi haqidagi bayonotiga javoban Suvalki yo‘lagi yaqinida yangi harbiy-muhandislik bataloni joylashtiriladi.
«Belarus, Litva va Rossiyaning Kaliningrad viloyati chegarasi yaqinida joylashgan Avgustov shahrida sapyor bataloni tashkil etiladi. Biz sharqiy qanot xavfsizligi haqida qayg‘uramiz», dedi Mudofaa vaziri.
Avvalroq, Aleksandr Lukashenko Vladimir Putin bilan uchrashuvda Belarusda joylashib olgan «Vagner» jangchilari asabiga tegayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «vagnerchilar» Varshavaga ekskursiyaga bormoqchi».
Mavzuga oid
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
18:54 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Belarus bosh vaziri bilan uchrashdi
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
20:37 / 16.05.2026