Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurda deyarli 20 yil ichida birinchi marta ayol kishi qatl etiladi
U giyohvand moddalar savdosida aybdor deb topilgan. Singapur ushbu jinoyatga qarshi ayovsiz qonunlarga ega.
Singapurda shu haftada so‘nggi 20 yil ichida birinchi marta ayol qatl etiladi. U giyohvand moddalar savdosida aybdor deb topilgan. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
Saridevi Jamani 2018 yilda sotish maqsadida 30 grammga yaqin geroin saqlaganlikda ayblanib, o‘lim jazosiga hukm qilingan edi. U bir necha bor hukm ustidan shikoyat qilishga uringan, biroq ayolning barcha shikoyatlari rad etilgan. Ayolning yaqinlari uning qatl etilishi kutilayotgani haqida allaqachon xabardor qilingan.
Singapurda oxirgi marta ayol 2004 yilda qatl etilgan: 36 yoshli Yen Mey Voen ham giyohvand moddalar savdosida aybdor deb topilgan edi.
Saridevi Jamani bilan birga 56 yoshli Muhammad Aziz bin Husayn ham qatl etiladi. U taxminan 50 gramm geroin savdosida ayblangan.
Nashrning ta’kidlashicha, Singapur giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun dunyodagi eng murosasiz qonunlarga ega davlat hisoblanadi.
Xalqaro hamjamiyat tanqidlariga qaramay, Singapur hukumati o‘lim jazosi shahar-davlat xavfsizligini ta’minlovchi va keng jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi samarali vosita deb hisoblaydi.
Singapurda COVID-19 pandemiyasi davridagi ikki yillik tanaffusdan so‘ng, o‘lim jazosi qayta tiklanganidan keyin kamida 13 kishi qatl etildi.
Mavzuga oid
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
18:18 / 24.06.2026
Iordaniyada 9 yil ichida birinchi marta guruhli o‘lim jazosi qo‘llanildi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
09:50 / 12.06.2026