Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XOQ Rossiya va Belarusni 2024 yilgi Olimpiadaga taklif qilmadi
Rossiya va Belarus 2024 yilgi Parij Olimpiadasida o‘z bayrog‘i ostida ishtirok etolmaydi.
26 iyul kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 203 ta davlatni 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga rasman taklif qildi.
Rossiya va Belarus 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlariga taklifnoma olmadi, deb xabar berdi tashkilot rasmiy sayti. Shuningdek, Gvatemala ham taklif qilinganlar ro‘yxatiga kiritilmagan.
XOQ prezidenti Tomas Bax jonli efirda Parijdagi maxsus marosimda 203 ta davlatga taklifnomalarni shaxsan imzoladi.
Qayd qilish joiz, Rossiya va Belarus uchun taklifnomaning yo‘qligi bu davlatlar 2024 yilgi Olimpiadada o‘z bayrog‘i ostida ishtirok etmasligini anglatadi. Biroq bu rossiyalik va belaruslik sportchilarning 2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi, degani emas.
2024 yilgi Olimpiada o‘yinlarida tajovuzkor davlatlar sportchilariga ruxsat berish masalasi keyinroq muhokama qilinadi.
Yozgi Olimpiya o‘yinlari 2024 yil 26 iyulidan 11 avgustiga qadar, Paralimpiya o‘yinlari esa 28 avgustdan 8 sentabrgacha Parij shahrida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
18:54 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Belarus bosh vaziri bilan uchrashdi
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
21:48 / 12.05.2026