Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kachinskiy: Polsha Ukraina g‘allasini olib kirishga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi
Polsha o‘z qishloq xo‘jaligini himoya qilish maqsadida Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kirishga qo‘yilgan taqiq muddati 15 sentabrda tugaganidan keyin ham Ukraina g‘allasini mamlakatga kiritmaydi, dedi bosh vazir o‘rinbosari Yaroslav Kachinskiy Polsha radiosi efirida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Ukraina g‘allasini import qilish taqiqi Yevropa Ittifoqi darajasida uzaytirilmasa, Varshava buni o‘zi amalga oshiradi.
Polsha o‘z qishloq xo‘jaligini qurbon qila olmaydi, «bizning ukrainalik do‘stlarimiz bundan xabardor bo‘lishlari kerak», deya Kachinskiy so‘zlaridan iqtibos keltiradi PAP axborot agentligi.
Shu bilan birga, Polsha bosh vaziri o‘rinbosari Polsha ukrainaliklarga siyosiy va harbiy yordam berayotganini ta’kidladi.
Hukmron milliy konservativ «Qonun va adolat» (PiS) partiyasi rahbari Kachinskiy: «Biz ularning bu urushda g‘alaba qozonishlarini istaymiz», dedi.
Mavzuga oid
20:36
Putin Ukraina bilan vaziyatni yanada keskinlashtirishga tayyor - OAV
18:02
“O‘g‘limni izlab Moskvaga bordim” – urgutlik otaning iztirobda o‘tgan kunlari
11:25
Ukraina Rossiya gaz infratuzilmasiga ham zarbalarni kuchaytirmoqda
10:10 / 08.07.2026