Jahon | 08:22 / 29.07.2023
6972
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Ukraina yoshlariga munosib hayot haqida va’da berdi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kechki nutqida ukrainaliklarni 2021 yilda tashkil etilgan Ukraina davlatchiligi kuni bilan yana bir bor tabrikladi. 

Foto: president.gov.ua

U mamlakat yoshlarini o‘z vatanida xavfsiz va erkin kelajak kutayotganiga ishontirdi

«Davlat ularga munosib, madaniyatli va xavfsiz hayot kechirishlari uchun mutlaqo barcha imkoniyatlarni yaratib bera oladi va shunday qilishga majbur. Erkin va munosib hayotni», dedi Ukraina prezidenti.

Avvalroq, kechki videomurojaatda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina «uchuvchisiz uchish apparatlari armiyasi» ishining birinchi yili haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashgandi

Mudofaa uchun barcha uchuvchisiz uchish apparatlari kerak – oddiy dronlardan tortib dengiz va uzoq masofalarda harakat qila oladigan zarba beruvchi dronlargacha, dedi davlat rahbari. 

Dronlardan foydalanish ko‘pincha oliy qo‘mondon shtabi yig‘ilishlarida muhokama qilinadigan mavzuga aylanyapti, deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy. 

«Ukraina dronlaridan foydalanish bilan bog‘liq yaxshi xabarlar ko‘payadi», deb ishontirdi Ukraina rahbari.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid