Jahon | 09:05 / 26.07.2023
6236
1 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy: Ukraina dronlaridan foydalanish bilan bog‘liq yaxshi xabarlar ko‘payadi

Kechki videomurojaatda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Ukraina «uchuvchisiz uchish apparatlari armiyasi» ishining birinchi yili haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Foto: AP

Mudofaa uchun barcha uchuvchisiz uchish apparatlari kerak – oddiy dronlardan tortib dengiz va uzoq masofalarda harakat qila oladigan zarba beruvchi dronlargacha, dedi davlat rahbari. 

Dronlardan foydalanish ko‘pincha oliy qo‘mondon shtabi yig‘ilishlarida muhokama qilinadigan mavzuga aylanyapti, deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy. 

«Ukraina dronlaridan foydalanish bilan bog‘liq yaxshi xabarlar ko‘payadi», deb ishontirdi Ukraina rahbari.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Moskva hududida «ikkita Ukraina uchuvchisiz uchish apparati elektron radioelektron kurashish vositasi yordamida bostirilgani va urib tushirilgani» haqida ma’lum qilgandi. 

Harbiy idora voqeani «terrorchilik hujumini amalga oshirishga urinish» deb atadi.

Rossiya poytaxti meri Sergey Sobyaninning ma’lum qilishicha, Moskvada ikki noturar binoga uchuvchisiz uchoqlar tomonidan berilgan zarbalar qayd etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid