Jahon | 08:42 / 31.07.2023
7639
2 daqiqa o‘qiladi

Chexiyada rossiyalik milliarder Yevtushenkovning aktivlari xatlovga olindi

Chexiya hukumati rossiyalik milliarder Yevtushenkovga tegishli bo‘lgan qator kompaniyalarning bank hisoblarini bloklab qo‘ydi va uning 100 million kronaga teng aktivlarini xatlovga oldi, deb xabar berdi Chexiya telekanali.

Vladimir Yevtushenkov Foto: Aleksey Mayshev / RIA Novosti

Chexiya hukumati rossiyalik milliarder Vladimir Yevtushenkovga tegishli bo‘lgan qator kompaniyalarning bank hisoblarini bloklab qo‘ydi, shuningdek, uning 100 million chex kronasi (4,16 million yevro) qiymatidagi aktivlarini xatlovga oldi. Bu haqda 30 iyul, yakshanba kuni Chexiya televideniyesi (Česká televize) xabar berdi. 

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirkorning xatlovga olingan aktivlari orasida Karlovi Varidagi besh yulduzli Savoy Westend mehmonxonasi ham bor. Xatlovga olish Chexiyaning moliyaviy tahlil departamenti tomonidan amalga oshirilgan. 

Mehmonxona hozirda cheklangan asosda ishlayapti. Mehmonxona rahbariyatining fikricha, xodimlar ishini yo‘qotish xavfi ostida. 

Yevtushenkovning Karlovi Varidagi mulki umumiy qiymati 500 million chex kronasidan (20,8 million yevro) ortiqroqqa baholangan. 

28 iyun kuni Chexiya rossiyalik tadbirkor Vladimir Yevtushenkov va uning o‘g‘li Feliksni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi, deb xabar berdi Chexiya radiosi. Tadbirkor va uning o‘g‘liga mamlakatga kirish, shuningdek, Chexiya tuzilmalari orqali moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlangan, uning aktivlarini muzlatish haqida buyruq berilgan. 

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid