Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Noqonuniy daraxt kesganlik uchun jarima 5 baravar ko‘p undiriladi
Daraxtlar va butalarni kesishga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgan.
Moratoriy davrida amaldagi cheklov va majburiyatlar bilan birga qo‘shimcha ravishda huquqbuzarlarga:
moratoriy talablarini buzganlik uchun ma’muriy jarimalar miqdori 5 baravarga;
daraxtlar va butalarni kesish va shikastlantirish bilan yetkazilgan zarar uchun undirish summalari 2 baravarga oshirilgan holda qo‘llaniladi.
Daraxtlar va butalarni kesish, kundakov qilish, shikastlantirish yoki yo‘q qilishni nazarda tutuvchi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga olgan hukumat farmoyishlari, bayonnomalar, yozma topshiriqlar, idoraviy hujjatlar, hokimlarning ko‘rsatmalari va qarorlarini qabul qilish qat’iyan taqiqlanadi.
Moratoriy talablarini buzgan qurilish-pudrat tashkilotlarining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimidagi darajasi (reyting bahosi) bir pog‘ona pasaytiriladi.
Aholi tomonidan Ichki ishlar vazirligi va Davlat ekologiya qo‘mitasining maxsus axborot tizimiga huquqbuzarlik holatlari to‘g‘risidagi fotosurat va videoyozuvlarni yuborgan shaxslar har bir tasdiqlangan holat bo‘yicha huquqbuzardan undirilgan mablag‘lar hisobidan BHMning 1 baravari (330 ming so‘m)ga teng miqdordagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Mavzuga oid
11:49 / 20.05.2026
5 ming so‘mlik kolbasalar: ogohlantirish va jarima yetarli chorami?
18:55 / 15.05.2026
Toshkentda noto‘g‘ri «parkovka» qilingan avtomobillar jarima maydoniga olib ketiladi
11:36 / 14.05.2026
Yuridik shaxslarga jarima qo‘llash tartibi o‘zgaradi
12:21 / 09.05.2026