Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga shokolad mahsulotlari asosan Rossiyadan import qilinmoqda
O‘zbekiston 36 ta davlatdan shokolad va kakao mahsulotlari import qilgan.
2023 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 36 ta xorijiy davlatdan qiymati 62 mln AQSh dollariga 19,7 ming tonna shokolad va kakao mahsulotlarini import qilgan.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, shokolad va kakao mahsulotlari importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 957 tonnaga oshgan.
O‘zbekiston 6 oyda eng ko‘p shokolad import qilgan davlatlar orasida Rossiya yetakchilik qilyapti – 13,8 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Polsha – 1,9 ming tonna;
- Ukraina – 869 tonna;
- Niderlandiya – 613 tonna;
- Qozog‘iston – 589 tonna;
- Turkiya – 526 tonna;
- Belarus – 181 tonna;
- Litva – 156 tonna;
- Germaniya – 136 tonna;
- Italiya – 98 tonna;
- Fransiya – 69 tonna.
Mavzuga oid
12:10 / 20.01.2026
Shokolad mahsulotlari eksporti qariyb 30 foizga oshdi
14:07 / 15.01.2026
Rossiya O‘zbekistonga shokolad yetkazib berishda yetakchi bo‘ldi
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025