Shavkat Mirziyoyev Ashxobodga yetib bordi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobod shahriga bordi. Turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Aeroportda davlat rahbarini Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
Bugun Turkmaniston poytaxtida O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlarining uch tomonlama sammiti bo‘lib o‘tadi.
Ashxobodda dastlab turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlar jadal rivojlanib, mamlakatlarimiz strategik sherikligi izchil mustahkamlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Savdo, sanoat, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport sohalarida va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlik kengayib borayotgani ta’kidlandi.
O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar, bo‘lajak tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.
Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Tadbirlar davomida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
16:14 / 03.09.2024
“Jahannam darvozasi”. Turkmanistondagi eng diqqatga sazovor joylardan biri bo‘lgan gaz krateri haqida nimalar ma’lum?
17:24 / 15.08.2024
Turkmaniston O‘zbekistondan ba’zi fuqarolarini deportatsiya qilishni so‘radi – OAV
16:03 / 15.08.2024
Turkmanistonda SIM-karta sotish to‘xtatildi. Ular tugab qolgani aytilmoqda
20:55 / 01.08.2024