Zangiota tumaniga yangi hokim tayinlandi
Yana bir vazir o‘rinbosari tuman hokimi darajasiga tushirildi.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi
Erkin Erkamovich Rustamov xalq deputatlari Zangiota tumani kengashi qarori bilan tuman hokimi etib tayinlandi.
Erkin Rustamov 1984 yili Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2005 yil Toshkent davlat texnika universitetining bakalavr hamda 2007 yil mazkur oliygohning magistratura bosqichini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar, iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Zangiota tumanining oldingi hokimi, bu lavozimda 2017 yil iyulidan buyon ishlab kelgan Abduvahob Tamiqayev 2023 yil iyulida prezident raisligidagi yig‘ilishda o‘ndan ortiq tuman va shahar hokimlari qatorida ishdan olingandi.
Zangiota tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev ishtirok etdi va tanqidiy-tahliliy nutq so‘zladi.
Viloyat hokimi o‘z so‘zida tumanni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish masalalari, bu borada yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklarga to‘xtaldi.
Xususan, tumanda 15 ming aholi chetda, ish izlab, sarson bo‘lib yurgani ta’kidlandi. Hududda ish o‘rinlari yaratilayotgan bo‘lsa-da, Zangiotadek salohiyatli joyda vaziyat maqtanarli emasligi qayd etildi.
«Tumanda 93 ta g‘allachilik fermer xo‘jaligi bor. 29-30 sentner hosil bera olmay, 10 dan ortiq fermer rejani bajarmadi. Bu nima degan gap? Umuman, tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari o‘z lavozimiga loyiqligini o‘rganish kerak. Zangiotada yer uvol bo‘layapti, yer sotishga mukkasidan ketgan hamma.
Maktab va maktabgacha ta’lim bugun davlat siyosati. Zangiotada bugun 5800 nafar bola uchun bog‘chada joy yo‘q, tumanda qamrov atigi 51,8 foizni tashkil etadi. Ta’limga mas’ul rahbarlar faoliyatiga deputatlar baho berishi lozim, deb o‘ylayman.
Umuman, tumanning barcha tashkilotlari rahbarlarining lavozimiga loyiq yoki loyiq emasligini jiddiy o‘ylab ko‘rish lozim.
Tumanda aholi murojaatlari bilan ishlash mutlaqo qoniqarsiz. Bugun muddati o‘tib ketgan 100 dan ortiq murojaatlar bor. Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha zanjir bor: arizani aylanib-aylanib mahalla raisiga yuborish odati paydo bo‘lgan.
Sobiq hokim Abduvahob Tamiqayev tajribali hokim edi. U kishi bilan turli yillarda yonma-yon ishladik. Biroq tuman iqtisodiyoti orqaga ketishida tuman faollarining roli katta deb o‘ylayman. Birikmaslik, bir yoqadan bosh chiqarmaslik yomon odat. Raqamlar ortida inson hayoti turganini unutishga haqimiz yo‘q», deya viloyat rahbarining so‘zlarini keltirgan hokimlik matbuot xizmati.
Yig‘ilishda Zoyir Mirzayev, shuningdek, tumanda yig‘ilib qolgan bir qator muammolarni qisqa fursatlarda bartaraf etish borasidagi vazifalarga to‘xtaldi. Xususan, eksport rejasini to‘laqonli bajarish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Viloyat hokimi hududdagi qurilish obektlari, bunda xususan, investitsiya dasturiga kiritilgan obektlarda ishlar borishi ustidan qat’iyan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish zarurligini ta’kidladi.
Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025