Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida investitsiyalar jalb qilişni yanada kengaytiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda yil boşida reja qilingan xorijiy sarmoyalarni özlaştiriş vazifalarining ijrosi körib çiqildi.
Bu yilgi investitsiya va hududiy dasturlar doirasida jami 20 milliard dollar xorijiy sarmoyalarni özlaştiriş böyiça katta marralar belgilangan edi.
Bu boradagi ijobiy tajriba sifatida ötgan olti oyda Andijon şahri, Buloqboşi, Romitan, Ğallaorol, Foriş, Karmana, Davlatobod, Çust, Kattaqörğon, Sirdaryo tumanlarining har biri 50 million dollardan köp töğridan töğri investitsiya olib kelingani qayd etildi.
Natijada uşbu tumanlarda jami 50 mingta yangi iş örinlari, qöşimça 1 trillion söm tuşum paydo böldi.
Lekin Amudaryo (Sultonboy Yöldoşev), Qörğontepa (Elyorbek Nabijonov), Buxoro (Xayrullo Jörayev), Mirişkor (Şerali Sanayev), Çiroqçi (Nodir Erkayev), Xatirçi (Sayfiddin Nizomov), Payariq (Zafar Ergaşev), Oqoltin (Dilmurod Fozilov), Guliston (Saydimqul Begimqulov), Oqqörğon (Alişer Karimjonov) tumanlari, Navoiy (Muratxan Egamqulov) va Yangiyöl (Farhod Mirzayev) şaharlarida bu körsatkiçlar pastligi, investitsiya muhiti qoniqarsizligi tanqid qilindi.
Prezident uşbu tuman va şahar hokimlarini lavozimidan ozod qiliş böyiça topşiriq berdi.
Boş prokuratura va Hisob palatasiga uşbu hokimlar faoliyatini örganib, qonun ustuvorligini ta’minlaş topşirildi.








