Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada migrantlar uchun patent narxi 4 barobar oshishi mumkin
Rossiyada chet ellik ishchilar uchun patent qiymati bo‘yicha qat’iy belgilangan avans miqdorini to‘rt barobar oshirish taklif etilmoqda, deya xabar bermoqda Spot.
Mehnat muhojirlari uchun patent narxini to‘rt barobar oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi Davlat dumasiga Sergey Mironov boshchiligidagi deputatlar tomonidan kiritilgan.
Qonun loyihasiga ko‘ra, chet el fuqarolarining Rossiyada mehnat faoliyati davomida to‘laydigan belgilangan avans to‘lovlari miqdori 4800 rublgacha oshiriladi. Ayni paytda belgilangan avans to‘lovlari miqdori 1200 rublni, deflyator koeffitsiyentini hisobga olgan holda 2724 rublni tashkil etadi.
Tushuntirish xatida aytilishicha, yaqinda Rossiya fuqarolarining mamlakatga ishlayotgan mehnat muhojirlari soni, shuningdek, ularning Rossiya jamiyatiga moslashish muammolari bilan bog‘liq tashvishlari aniq qayd etilgan.
Tahlillarga ko‘ra, 2022 yil oxirida Rossiyaga ishlash uchun kelgan xorijlik fuqarolar soni 3,47 mln nafarga yetgan. Ayni paytda jami mehnat muhojirlarining 90 foizdan ortig‘i O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistondan kelgan.
Mavzuga oid
19:29 / 22.09.2025
Rossiya har qanday tahdidlarga javob berishga qodir – Putin
15:20 / 22.09.2025
Qrim «hokimiyati» Ukraina Forosga zarba berganini ma’lum qildi
14:35 / 22.09.2025
Germaniya Boltiq dengizidagi Rossiya samolyoti tufayli qiruvchilarini havoga ko‘tardi
12:25 / 22.09.2025