Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda aholisi soni eng ko‘p tuman ma’lum qilindi
Poytaxtning doimiy aholisi soni 2 999 500 kishini tashkil qildi.
Foto: Kun.uz
2023 yil 1 iyul holatiga poytaxtda doimiy aholi soni 2 mln 999 500 kishini tashkil etmoqda.
Toshkent shahar statistika boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, shundan erkaklar soni – 1 mln 471 700 kishi, ayollar soni – 1 mln 527 800 kishi.
Shahar hududlari kesimida tahlillar shuni ko‘rsatdiki, 2023 yil 1 iyul holatiga ko‘ra, eng ko‘p aholi soni: Olmazor tumanida bo‘lib, 395 ming kishini tashkil etdi. Eng kam aholi soni Bektemir tumanida – 55,7 ming kishini tashkil etgan.
2023 yil 1 iyul holatiga hududlar kesimida doimiy aholi sonining taqsimlanishi:
- Olmazor tumanida – 395 ming kishi;
- Yunusobod tumanida – 366,9 ming kishi;
- Shayxontohur tumanida – 360,5 ming kishi;
- Mirzo Ulug‘bek tumanida – 323,1 ming kishi;
- Uchtepa tumanida – 293,5 ming kishi;
- Yashnobod tumanida – 289,4 ming kishi;
- Chilonzor tumanida – 271,9 ming kishi;
- Yangihayot tumanida – 161 ming kishi;
- Mirobod tumanida – 150,1 ming kishi;
- Sergeli tumanida – 162,3 ming kishi;
- Yakkasaroy tumanida –126,9 ming kishi;
- Bektemir tumanida – 55,7 ming kishi.
Mavzuga oid
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
23:15 / 11.01.2026