O‘zbekiston | 21:58 / 11.08.2023
11696
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yuk mashinalari to‘planib qolishi kuzatildi

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasida yuk mashinalari to‘planib qoldi. Qirg‘iziston buni O‘zbekistonning «E-Tranzit» pilot loyihasi bilan bog‘ladi.

Foto: vitalik.kz

11 avgust kuni Qirg‘iziston davlat chegarasining Qirg‘iziston-O‘zbekiston uchastkasida joylashgan «Do‘stuk-Avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punkti normal rejimda ishlamoqda, deb xabar qildi Kaktus.media Qirg‘iziston DMXQ chegara xizmatiga tayanib.

Qayd qilinishicha, O‘zbekiston Bojxona xizmati «Do‘stlik-Avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punktida sinov rejimida ishlayotgan yangi «E-Tranzit» dasturini o‘rnatgan. Ushbu ilova xorijiy davlat fuqarolari uchun O‘zbekiston nazorat-o‘tkazish punkti orqali transport vositalarining o‘tkazish jarayonini tezlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Shu sababli, «Do‘stuk–Avtodorojniy» nazorat-o‘tkazish punkti orqali Qirg‘izistondan O‘zbekistonga kirishda avtomashinalar tirbandligi qayd etilgan.

Mavzuga oid