Jahon | 08:20 / 11.08.2023
14085
3 daqiqa o‘qiladi

Sergiyev Posaddagi portlash: qurbonlar soni ortishi mumkin

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Zagorsk optik-mexanika zavodi hududida yuz bergan portlash natijasida bir kishi halok bo‘lgan, sakkiz kishi bedarak yo‘qolgan. 

Portlash joyi / Foto: newsfrol

Sergiyev Posad shahridagi Zagorsk optik-mexanika zavodi (ZOMZ) hududida yuz bergan portlash natijasida 80 kishi jarohat oldi, ulardan 15 nafari shifoxonada, deb xabar berdi Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 10 avgust, payshanba kuni kechqurun. Jabrlanganlardan uch nafari shaharning markaziy tuman kasalxonasida og‘ir ahvolda, yana biri Moskvadagi Burdenko markaziga evakuatsiya qilingan, deya xabar beradi idora. 

Baza TK: 48 ta inson tanasi bo‘laklari topilgan 

Bungacha bir jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgani ma’lum bo‘lgan edi. 12 kishi bedarak yo‘qolgan deb topildi. «112» Telegram-kanaliga ko‘ra, ulardan to‘rt nafari topilgan – ulardan ikki nafari mehmonga ketgan, yana ikki nafari uyda bo‘lgan. 

Baza Telegram-kanali voqea joyida 48 ta inson tanasi bo‘laklari ham topilganini, taxminlarga ko‘ra, ular o‘n kishining jasadiga tegishli ekanligini ta’kidlamoqda. 

Tergov versiyasi - texnika xavfsizligi qoidalarini buzish 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, kecha, 9 avgust kuni ertalab Sergiyev Posaddagi ZOMZ hududida kuzatilgan kuchli portlashga sanoat xavfsizligi talablarining buzilishi sabab bo‘lgan. Unga ijarachilardan biri - 2023 yil mart oyida bankrot bo‘lgan «Piro-Ross» OAJ yo‘l qo‘ygan bo‘lishi mumkin. 1994 yildan beri korxona professional salyut moslamalari va feyyerverklarni, shu jumladan RF Mudofaa vazirligi tomonidan buyurtma qilinganlarni ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullangan. Dastlab kompaniyaning so‘nggi direktori Sergey Chankayev buni rad etib, portlash yaqin atrofdagi metall quvurlar o‘rnatilgan omborxonada sodir bo‘lganini aytdi. 

Biroq 10 avgust kuni uning o‘zi gumondor sifatida qo‘lga olingan. Kompaniyaning ofisida tintuv o‘tkazildi. Tergovchilar, shuningdek, boshqaruv guruhi xodimlarini so‘roq qildi. 

Ukraina uchuvchisiz uchog‘ining, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, salyut moslamalari va ular uchun zaryadlar saqlangan omborga hujumi haqidagi versiya RTQning Moskva viloyatidagi bosh tergov boshqarmasi tomonidan darhol rad etildi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid