Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yilda O‘zbekiston kinoteatrlariga 830 mingdan ortiq tomoshabin kirgan
Kinoteatrlar faoliyatiga oid statistik ma’lumotlar e’lon qilindi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekistondagi kinoteatrlar soni 76 tani, ularga kirganlar soni 830,5 ming kishini tashkil etdi.
Kinoteatrga kirgan tomoshabinlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi:
- Toshkent shahri – 322 ming kishi;
- Samarqand viloyati – 135 ming kishi;
- Buxoro viloyati – 131,2 ming kishi;
- Navoiy viloyati – 76,5 ming kishi;
- Qashqadaryo viloyati – 51,3 ming kishi;
- Jizzax viloyati – 27 ming kishi;
- Sirdaryo viloyati – 23,8 ming kishi;
- Andijon viloyati – 21 ming kishi;
- Namangan viloyati – 12,4 ming kishi;
- Surxondaryo viloyati – 9,7 ming kishi;
- Qoraqalpog‘iston R. – 7,2 ming kishi;
- Toshkent viloyati – 6,9 ming kishi;
- Farg‘ona viloyati – 6,7 ming kishi.
Mavzuga oid
14:58 / 14.01.2026
O‘zbekistonda sug‘urta xizmatlari bozori keskin o‘sish qayd etdi
09:22 / 14.01.2026
Repetitorlik, til kurslari va bog‘cha xizmatlari qimmatlashdi
13:23 / 13.01.2026
Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi korxonalar: eng katta ulush savdoda
15:21 / 12.01.2026