Sport | 08:03 / 22.08.2023
17268
2 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» afsonalari Qirg‘izistonda o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi

Osiyo futboli va Ispaniyaning «Barselona» klubi afsonalari o‘rtasidagi o‘yin ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi.

Foto: Tribuna.uz

30 avgust kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida Osiyo futboli va Ispaniyaning «Barselona» klubi afsonalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi.

Osiyo jamoasi tarkibida o‘zbek futboli afsonasi Mirjalol Qosimov ishtirok etadi. O‘yinni o‘zbekistonlik sobiq hakam Ravshan Ermatov boshqaradi.

«Barcelona» tarkibida darvozabon Albert Xorker, himoyachilar Karles Puyol, Juliano Beletti, Edgar Davids, Franchesko Koko, yarimhimoyachilar Lyudovik Jyuli, Ronald de Bur, Ronaldino, Rivaldo, hujumchi Xaver Saviola va yana bir futbolchi ishtirok etadi.

Osiyo afsonalari jamoasi tarkibida qozog‘istonlik markaziy himoyachi Samat Smakov, xitoylik himoyachi Fan Chjii, qirg‘izistonlik himoyachi Ruslan Sidiqov, turkmanistonlik Amandurdi Annadurdiyev, yaponiyalik yarimhimoyachi Xidetoshi Nakata, tojikistonlik Muxsin Muhamadiyev, rossiyalik yarimhimoyachi Andrey Kanchelskis, o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Mirjalol Qosimov, qozog‘istonlik yarimhimoyachi Andrey Karpovich, qirg‘izistonlik hujumchi Xurshit Lutfullayev ishtirok etadi.

Shu bilan birga, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ham maydonga tushishi rejalashtirilgan.

O‘yin bosh hakami - Ravshan Ermatov. Unga qanotlarda Bahodir Qo‘chqorov va Abduhamidullo Rasulov yordam beradi.

Mavzuga oid

E`lonlar